HAVAL Dealer Conference 2026: muvaffaqiyatli 2025 yil yakunlari va kelajakka qat’iy qadam

Biznes

image

2026 yil 23 yanvar kuni O‘zbekistonning barcha hududlaridan dilerlar, Xitoydan Great Wall Motor bosh qarorgohi vakillari, Yaponiyadan Sojitz Corporation hamkorlari va HAVAL Uzbekistan jamoasini o‘zida birlashtirgan HAVAL Dealer Conference 2026 yillik dilerlik konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar 2025 yil yakunlarini sarhisob qilib, brendning 2026 yilga mo‘ljallangan strategik ustuvorliklarini belgilab oldilar.

2025 yil HAVAL Uzbekistan uchun tub burilish yili bo‘ldi: sotuvlar o‘sishi +165 foizni tashkil etdi, HAVAL M6 modeli esa mijozlar ishonchi va dilerlik tarmog‘i samaradorligining yuqori darajasini tasdiqlab, bozordagi eng ommabop avtomobillar TOP-10 taligiga kirdi.

Ishbilarmonlik dasturi doirasida mijozlar bilan ishlashning eng yaxshi amaliyotlari, marketing vositalari va 2026 yilga mo‘ljallangan rejalar, jumladan, dilerlik tarmog‘ini rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Muhim voqealardan biri 2026 yilda brendning modellar turkumini kengaytiradigan yangi HAVAL V7 modelining e’lon qilinishi bo‘ldi.

“2025 yil yakunlari O‘zbekistonda HAVAL to‘g‘ri yo‘nalishda harakatlanayotganini namoyish etdi. Sotuvlarning o‘sishi, modellarga bo‘lgan talabning yuqoriligi va kuchli dilerlik tarmog‘i — bu jamoaviy ish va mijozlarimizning ishonchi natijasidir. 2026 yilda biz dilerlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, servisni rivojlantirish va bozorga zamonaviy, raqobatbardosh avtomobillarni taklif etishda davom etamiz”, deydi HAVAL brendining O‘zbekistondagi direktori Dmitriy Sisoyev.

Yil yakunlari bo‘yicha eng yaxshi dilerlarni taqdirlash marosimi dasturda alohida o‘rin egalladi. Taqdirlash marosimida HAVAL Buxoro (“Xalq tanlovi”), HAVAL Andijon (“Ishonch va sifat yetakchisi”), HAVAL Jizzax (“Jadal rivojlanish”) va HAVAL Farg‘ona (“Marketing Drayver”) dilerlik markazlari g‘olib deb topildi.

HAVAL Dealer Conference 2026 yana bir bor O‘zbekistonda brendning barqaror o‘sishi kuchli hududiy jamoalar, ochiq muloqot va uzoq muddatli hamkorlikka asoslangan holda bunyod etilishini tasdiqladi.

Sayt | Telegram-kanal | Telegram-guruh | Instagram | Facebook | YouTube


Maqola muallifi

Teglar

HAVAL Great Wall Motor Sojitz Corporation Dealer Conference

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing