Happy birthday! Mirziyoyev Nazarboyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Jamiyat

image

O‘zbekison Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevni 80 yoshni qarshilayotgani munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda Elboshining rasmiy saytida ma’lum qilindi. 

Shavkat Mirziyoyev o‘z maktubida Nursulton Nazarboyev uzoq muddatli va samarali faoliyati davomida nafaqat Qozog‘istonda, balki xalqaro maydonda ham katta hurmat va izzat qozonganini ta’kidlagan. 

“Eng og‘ir tarixiy davrda siz mamlakatni samarali boshqardingiz, shubhasiz, yangi tarix va Qozog‘iston taqdiri sizning ismingiz bilan chambarchas bog‘liq. Sizning ulkan sa’y-harakatlaringiz, oqilona va uzoqni ko‘zlagan rahbarligingiz tufayli, Qozog‘iston Respublikasi o‘zining ulkan iqtisodiy va intellektual salohiyatidan samarali foydalanib, bugungi kunda dunyoning eng tez rivojlanayotgan mamlakatlaridan biriga aylandi”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Ma’lumot o‘rnida, Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev joriy yilning 6 iyul kuni 80 yoshni qarshilaydiyu. Mamlakatda uning yubileyiga katta hozirlik ko‘rilmoqda. Kecha Nur-Sulton shahridagi Milliy mudafaa institutida Nazarboyevning haykali ochildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Nursulton Nazarboev

Baholaganlar

46

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing