DavAktiv ming kv. m.gacha bino-inshootlarni berish vakolatini hokimlarga “tortiq” qilmoqchi

Jamiyat

image

Bugun, 10 dekabr kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi binosida tadbirkorlar va agentlik vakillari o‘rtasida yig‘ilish o‘tkazildi. 

Tadbir agentlik direktor o‘rinbosari To‘lqin Nabiyev, yuridik boshqarma rahbari Ulug‘bek Gaziyev, respublikaning turli hududlaridan 50 ga yaqin tadbirkorlar va OAV vakillari ishtirok etdi. 

Yig‘ilishda tadbirkorlarning mulkchilik, xususiylashtirish sohasidagi muammolari masalasiga urg‘u berildi.

“Tadbirkorlar hozir katta kuchga aylangan. Ular iqtisodiyotimizning asosini tashkil qiladi. Hammamizning mulkimiz daxlsizdir. Mulkdorlarni davlat mulkini hususiylashtirgan va yangidan o‘zi tashkil qilganlarga bo‘lish mumkin. Xususiylashtirilgan korxonalarni ikki turga ajratish mumkin. Prezident qaror va farmonlari doirasida dasturlar bilan va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarorlari bilan berilishi mumkin. 2 ming kv m.gacha bino-inshootlarni viloyat hokimlari berishi mumkin. 5 ming kv m.gacha bino-inshootlarni xususiylashtirish viloyat xalq deputatlarining vakolatidadir. Shu kecha-kunduzda tajriba tariqasida tuman, shahar hokimlari ham 1 ming kv m.gacha bino-inshootlarni berish vakolati  masalasi bo‘yicha takliflar ishlab chiqilyapti. Bu ham byurokratik to‘siqlarni olib tashlash uchun qadam deyish mumkin. 

Konstitutsiyamizning 53-moddasidagi xususiy mulk daxlsizligi Prezident qarorlarida ham mustahkamlandi. Mazkur tartibni buzgan mansabdorlarga javobgarlik nazarda tutildi. Shu sababli, xususiylashtirish natijalarini qayta ko‘rib chiqish tartibiga mutlaqo chek qo‘yildi.

Biz xususiylashtirishda tadbirkorlarning huquqlarini tiklashda hamma sa’y-harakatlarni qilamiz. Bu ishni OAV va blogerlarsiz bajarish ilojsiz. Biz ulardan minnatdormiz. Bizlarni tanqid qilib, kamchiliklarni ko‘rsatib beryapsizlar. Buni tanqid emas, biz uchun dasturulamal bo‘lishi kerak. Chunki biz ko‘rmagan xato va kamchiliklarni ular ko‘rsatishyapti”, deydi agentlik direktor o‘rinbosari To‘lqin Nabiyev. 
 


Maqola muallifi

Teglar

OAV DavAktiv

Baholaganlar

33

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing