Gyundogan “Barselona” bilan shartnomasini bekor qilishi mumkin

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi yangi futbolchisi Ilkay Gyundoganni La Ligada ro‘yxatdan o‘tkazishda muammolarga duch kelmoqda. Bu haqda “Footmercato” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Gyundogan Ispaniyada yangi liga mavsumi boshlanganidan keyin vaziyat o‘zgarmasa, Kataloniya klubi bilan shartnomasini bekor qilishi mumkin. Qayd etilishicha, vinger Usmon Dembelening PSJga o‘tishi vaziyatni yaxshilash ehtimoli bor.

32 yoshli Gyundogan 2016 yildan buyon “Manchester Siti” safida to‘p surib kelayotgandi va jamoa bilan 14 ta sovrin, jumladan, 5 ta APL va bitta Yevropa Chempionlar ligasi sovrinini qo‘lga kiritgan.

2022-2023 yilgi mavsumda Gyundogan “Manchester Siti” safida 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. O‘tgan mavsum yakunida u “shaharliklar” bilan treblga erishdi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Ilkay Gyundogan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing