Gvatemalada o‘zbekistonlik migrantlar kontrabandasi bilan shug‘ullangan politsiyachilar hibsga olindi
Olam
−
06 Oktabr
11273Gvatemala xavfsizlik agentlari asosan AQSHga boradigan muhojirlar foydalanadigan marshrut bo‘ylab harakatlanadigan odam savdosi tarmog‘iga aloqador bo‘lgan 25 nafar faol politsiyachini hibsga oldi. Bu haqda joriy yilning 2 oktyabr kuni Gvatemala Ichki ishlar vaziri Fransisko Ximenes ma’lum qildi.
Gvatemala o‘nlab yillar davomida Lotin Amerikasi va undan tashqaridagi muhojirlar uchun shimoldan Meksikaning Qo‘shma Shtatlar bilan chegarasiga borish uchun asosiy tranzit mamlakat bo‘lib kelgan.
Vazirning aytishicha, hibsga olingan politsiyachilardan ikki nafari nafaqaga chiqqan, yana 11 nafar fuqaro ham “Los Rs” deb nomlanuvchi tashkilot nomidan pul yuvishda ayblanib hibsga olingan.
Gvatemala rasmiylarining ta’kidlashicha, guruh bir necha yil davomida mahalliy valyuta bo‘lgan millionlab kvetzallarni to‘plagan.
“Ushbu guruh politsiya xodimlaridan foydalangan, ularga pora bergan. Ular mamlakat bo‘ylab tashilayotgan noqonuniy migrantlarning xavfsizligini kafolatlagan”, degan vazir.
Ichki ishlar vazirligi Gvatemala orqali O‘zbekistondan 10 nafar muhojirni noqonuniy olib o‘tayotgan ikki shaxsning oldindan qo‘lga olinishi natijasida yakunda tarmoqni yo‘q qilishga erishilganini qayd etgan.
“To‘rtta avtomobil, o‘qotar qurol va naqd pul musodara qilindi”, deya qo‘shimcha qildi vazirlik o‘z bayonotida.
Noqonuniy olib ketilayotgan qolgan muhojirlar qayerdan kelgani va qayerga yuborilishi haqida ma’lumot berilmagan. Ximenesning so‘zlariga ko‘ra, AQSHning Gvatemaladagi elchixonasi va AQSH Ichki xavfsizlik departamenti tergovda hamkorlik qilgan.
AQSH elchixonasining aytishicha, odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi tarmoq 10 mingga yaqin migrantni ekspluatatsiya qilgan.
Avgust oyida Panama AQSH tomonidan moliyalashtirilgan muhojirlarni deportatsiya qilish reyslarini boshladi, chunki Vashington o‘zining janubiy chegarasiga sayohat qilayotgan odamlar oqimini to‘xtatmoqchi, ko‘pchilik yaxshi iqtisodiy sharoit va xavfsizlikni qidirmoqda. Gvatemala va AQSH hukumati 2022 yilda Texasdagi yuk mashinasida qamalib qolgan 53 muhojirning o‘limi bilan bog‘liq bo‘lgan yana bir odam kontrabandasi tarmog‘ini birgalikda yo‘q qilishini e’lon qildi.
LiveBarchasi