Gvardiola yozda “Siti”ni tark etish niyatida – OAV
Sport
−
12:22 1102 1 daqiqa
Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi bosh murabbiysi Xosep Gvardiola 2026 yil yozida ingliz klubini tark etish niyatida. Bu haqda BBC xabar berdi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, “Siti”da mutaxassisning kelajagi borasida jiddiy noaniqlik saqlanib qolmoqda. Yakuniy qaror mavsum yakuniga yaqin qabul qilinishi kutilmoqda. Gvardiolaning o‘zi esa klubni tark etish niyatida. Agar ispaniyalik murabbiy dastlabki qarorini o‘zgartirib, klubda qoladigan bo‘lsa ham, 2027 yilgacha amal qiladigan amaldagi shartnomasini uzaytirish ehtimoli past ekani ta’kidlanmoqda.
Ayni paytda “Manchester Siti” Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 24 ta o‘yindan so‘ng 47 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa, shuningdek, UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichiga, Angliya Liga kubogi finaliga hamda Angliya kubogining 1/32 finaliga yo‘l olgan.
Xosep Gvardiola 2016 yildan buyon “Manchester Siti”ni boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida klub oltita Angliya chempionligi, ikkita Angliya kubogi va to‘rtta Liga kubogini qo‘lga kiritdi. 2023 yilda esa Gvardiola “shaharliklar” bilan Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi hamda klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida zafar quchdi.
Live
Barchasi