Gvardiola “Siti”dan ketishni rejalashtirmoqda

Sport

image
Ispaniyalik mutaxassis Pep Gvardiola joriy yilning yozida “Manchester Siti” bosh murabbiyi lavozimini tark etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis bu qarorini yaqin kunlarda rasman e’lon qilishi mumkin.

Pep Gvardiola 2016 yildan buyon “Manchester Siti”ni boshqarib kelmoqda. Shu vaqt davomida u klub bilan 20 ta sovrinni qo‘lga kiritdi. “Shaharliklar” uning qo‘l ostida Premer-ligada olti marta, Angliya Kubogida besh marta g‘olib bo‘lishdi. Shuningdek, jamoa uch bor Liga kubogini ham qo‘lga kiritgan.

Bundan tashqari, “Manchester Siti” Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ham bir martadan g‘alaba qozongan.

Joriy yilning 16 may kuni “Manchester Siti” finalda “Chelsi”ni mag‘lub etib, Angliya kubogini qo‘lga kiritdi. “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tgan bahs 1:0 hisobida yakunlandi. Yagona golni 72-daqiqada Antuan Semeno urdi.

Hozirda “Manchester Siti” Premer-liga jadvalida “Arsenal” bilan chempionlik uchun kurash olib bormoqda. “Shaharliklar” 77 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadamdan ikki ochko ortda qolmoqda.

Maqola muallifi

Teglar

Pep Gvardiola Prem'er-liga “Manchester Siti”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing