Gvardiola “Siti”dan ketadi – OAV
Sport
−
11:40 1131 1 daqiqa
Pep Gvardiola joriy yilning 24 may kuni “Manchester Siti” bosh murabbiyligidan ketadi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, mutaxassisning iste’fosi Angliya Premer-ligasining so‘nggi turi doirasidagi “Aston Villa”ga qarshi uchrashuvdan keyin e’lon qilinadi. Klub rahbariyati allaqachon homiylarni murabbiyning ketishi haqida ogohlantirgan, rasmiy bayonot esa, mavsum yakunlariga bag‘ishlangan paraddan so‘ng berilishi kutilmoqda.
Shuningdek, Pep Gvardiola amaldagi shartnomasidagi qolgan bir yilni klubda boshqa lavozimda o‘tkazishi mumkinligi aytilmoqda. Uning ehtimoliy vorislari sifatida Enso Mareska va Vensan Kompani nomlari tilga olinmoqda.
Ayni paytda “Manchester Siti” Angliya Premer-ligasi jadvalida “Arsenal”dan ikki ochko orqada qolgan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa ushbu mavsumda Angliya kubogi va Liga kubogida g‘olib chiqdi.
Ma’lumot uchun, 55 yoshli Pep Gvardiola 2016 yildan buyon Manchester klubini boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida “shaharliklar” bir marta Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati, olti marta Angliya chempionligi, 3 ta Angliya kubogi va 5 ta Liga kubogida zafar quchgan. Gvardiola faoliyati davomida shuningdek “Barselona” va “Bavariya”ni ham boshqargan.

Live
Barchasi