Gvardiola “Real”ning qoyilmaqom “come back”iga munosabat bildirdi

Sport

image

“Manchester Siti” ustozi Xosep Gvardiola “Real Madrid”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng, futbolda nima yuz berishini oldindan aytib bo‘lmasligi haqida gapirdi. Uning fikrlari UEFA rasmiy saytida e’lon qilindi.

“Biz finalga yaqin edik, ammo buni uddalay olmadik. Hammasi oddiy. Birinchi bo‘lim o‘rtacha darajada o‘tdi. Himoyalanishda muammolarga duch kelmagan bo‘lsak-da, hujumda yetarlicha yaxshi o‘yin ko‘rsata olmadik. Golimizni urganimizdan so‘ng "Real" doimiy ravishda hujum qildi. Biz bu hujumlarga ko‘p chidashimiz shart emas edi, lekin futbolda nimalar sodir bo‘lishini oldindan aytib bo‘lmaydi”, degan “Siti” ustozi.

Ispaniyalik murabbiyning qo‘shimcha qilishicha, “Manchester Siti” futbolchilari kuchli bosimni his qilgan va bu yarim final uchun normal holat.

“Endi bu muvaffaqiyatsizlikni unutish uchun uzoq vaqt kerak bo‘ladi. "Real" katta kuch bilan oldinga bordi. Eder Militao, Rodrigo, Vinisius, Benzema va boshqalar barchasi hujumga o‘tdi. “Real Madrid" doimiy ravishda qanotlardan to‘p oshirib, ikkita gol urdi. Biz odatdagidek yuqori saviyada o‘ynay olmadik. Futbolchilarim bosimni his qilishdi va bu yarim final uchun normal holat. Futbol shunday. Biz buni qabul qilishimiz kerak”, degan Gvardiola.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 4 may kuni Yevropa Chempionlar yarim final javob uchrashuvlari doirasida “Real Madrid” va “Manchester Siti” o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi. O‘yin asosiy vaqtining so‘nggi daqiqalarigacha “Manchester Siti” “Real”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratayotgan edi. Go‘yoki “shaharliklar” final yo‘llanmasini naqd qilgandi. Biroq 90 va 91-daqiqalarda Rodrigo Gois ikkita gol urdi. Qo‘shimcha bo‘limlarda Karim Benzema penaltidan hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi. Natijada umumiy hisob 6:5 ko‘rinishiga keldi. Birinchi o‘yin “Manchester Siti”ning 4:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi. Shu tariqa, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, “Real Madrid” YeCHL finaliga yo‘l oldi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

84

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing