Gvardiola Fergyuson rekordini yangiladi
Sport
−
15 dekabr 1162 1 daqiqa
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya Premer-ligasi tarixida muhim rekord o‘rnatdi. U jamoasi bilan bitta o‘yinda kamida uchta gol urib g‘alaba qozonilgan uchrashuv soni 150 taga yetib, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Ser Aleks Fergyusonning rekordini yangiladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Manchester Siti” kecha, 14 dekabr kuni Premer-liganing 16-turi doirasida “Kristal Pelas”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Mazkur uchrashuv Gvardiola boshchiligidagi jamoa kamida uchta gol urib qo‘lga kiritgan 150-g‘alaba bo‘ldi.
Qayd etish joiz, kataloniyalik mutaxassis ushbu natijaga atigi 358 ta o‘yinda erishdi. Shu orqali u avvalgi rekord sohibi Ser Aleks Fergyusonning (522 o‘yin) natijasini ortda qoldirdi.
Mazkur ko‘rsatkichga erishgan murabbiylar safida, shuningdek, Arsen Venger ham bor. Fransiyalik mutaxassis bu marraga 524 ta o‘yinda yetib kelgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pep Gvardiola “Liverpul”ga qarshi uchrashuvda murabbiylik faoliyatidagi 1000-o‘yini o‘tqazgan edi.
Live
Barchasi