Gvardiola APLda oyning eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi

Sport

image

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya Premer-ligasida fevral oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu haqda APL veb-sayti xabar berdi.  

Fevral oyida “Manchester Siti” to‘rtta o‘yinda g‘alaba qozondi va bittasida durang o‘ynadi. Shu oy uchun mukofotga Keyt Endryu, Maykl Kerrik va Arne Slot ham nomzod bo‘lgan.

Bu ispaniyalik mutaxassis uchun faoliyatidagi 12-shaxsiy sovrin bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u Devid Moyesni ortda qoldirib, umumiy reytingda uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Undan oldingi o‘rinlarni afsonaviy murabbiylar – Aleks Fergyuson (27) va Arsen Venger (15) egallab turibdi.

Shuningdek, “Manchester Siti”ning ganalik hujumchisi Antuan Semeno beshta o‘yinda uchta gol urib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan holda liganing fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Mukofotga nomzodlar qatorida Viktor Gyokeresh, Niko O’Rayli, Dango Uattar, Benjamin Sheshko va Virjil van Deyk ham bor edi.


Maqola muallifi

Teglar

Pep Gvardiola Prem'er-liga “Manchester Siti”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing