Gvardiola APL rekordini o‘rnatdi

Sport

image

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya premer ligasida rekord qayd etdi. Bu haqda “The Mirror” nashri xabar berdi.

Kecha, Angliya premer ligasining 14-turida “Manchester Siti” safarda “Aston Villa”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bu “shaharliklar” bosh murabbiyi Pep Gvardiola uchun Angliya chempionatidagi 150-g‘alaba bo‘ldi. Ushbu natijaga erishish uchun ispaniyalik mutaxassis 204 ta o‘yin o‘tkazdi va turnir rekordini qayd etdi.

Manchester klubi ustozi raqobatda “Chelsi”, “Manchester Yunayted” va “Tottenxem”da ishlagan Joze Mourinoni ortda qoldirdi. Portugaliyalik mutaxassis 230 ta o‘yinda 150 ta g‘alabaga erishgan.

Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” ayni damda 32 ochko bilan APL turnir jadvalida peshqadami “Chelsi”dan bir ochko ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

APL Xosep Gvardiola Mourin'o “Manchester Siti”

Baholaganlar

20

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing