Gvardiola Husanovning jarohati haqida gapirdi

Sport

image

Angliya Premer-ligasining 5-turi doirasidagi “Arsenal” va “Manchester Siti” o‘rtasidagi uchrashuvda jarohat olib maydonni tark etgan Abduqodir Husanov jamoasining navbatdagi 3 ta o‘yinini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda “shaharliklar” bosh murabbiyi Pep Gvardiola ma’lum qildi.
 
Bugun, 24 sentyabr kuni “Manchester Siti” Angliya kubogi doirasida “Haddersfild”ga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Ushbu bahs oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Gvardiola uchrashuvda ko‘plab rotatsiyalarni amalga oshirmoqchi ekaniga ishora qildi. Shuningdek, u o‘yinda “Arsenal”ga qarshi uchrashuvda kichik jarohat olgan Abduqodir Husanov ishtirok etmasligini ham aytib o‘tdi.

 “O‘ylashimcha, u keyingi uchta uchrashuvni o‘tkazib yuboradi”, deydi murabbiy.

Shuningdek, bosh murabbiy O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi haqida iliq fikrlarni bildirib o‘tdi.

“U markazda yoki himoya chizig‘ining deyarli barcha pozitsiyalarda harakat qila oladi. Faqatgina chapda o‘ynash unga noqulayroq deb o‘ylayman. Abduqodirning maydonni ko‘rish qobiliyati yuqori, jismoniy jihatdan kuchli, ishonchli, ba’zi jihatdan Kayl Uokerni eslatadi.

Asosiysi, u o‘rganishga chanqoq, diqqatini shunga yo‘naltira olmoqda. Yosh bo‘lishiga qaramay, O‘zbekistondan Fransiyaga, keyin Angliyaga keldi. Moslashuv oson kechmadi. Bir mavsum ichida bunday yo‘lni bosib o‘tish katta tajriba berdi.

Uslub va sxemalarimizni tez o‘zlashtirmoqda, ajoyib futbolchi sifatida shakllanyapti. Kelajagi porloq, Manchester Siti uchun ko‘p yillar davomida xizmat qiladi”, deydi Pep Gvardiola.

Ma’lumot uchun, “Manchester Siti”ni joriy yilning 27 sentyabr kuni APLda “Bernli” va 1 dan 2 oktyabrga o‘tar kechasi Chempionlar ligasida “Monako” klubiga qarshi o‘yinlar kutib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni O‘tkir Yusupov CAFA Nations Cup finalida jiddiy jarohat olgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal Manchester Siti Pep Gvardiola Angliya Prem'er-ligasi Abduqodir Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing