Gvaradiola ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi

Sport

image

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya kubogi 1/8 final bosqichida “Nyukasl”ga qarshi uchrashuvda (1:3) mavsumdagi oltinchi sariq kartochkasini olgani sababli jazoga tortildi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu diskvalifikatsiya Angliya liga kubogi finaliga taalluqli emas. Mazkur finalda “Manchester Siti” “Arsenal”ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv joriy yilning 22 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Shu sababli Gvardiola Premer-liganing 30-turi doirasidagi “Vest Xem”ga qarshi bahsni, shuningdek, Angliya Kubogi chorak final uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.

Ayni paytda Pep Gvardiola shogirdlari Angliya Premer-ligasida 29 ta turdan so‘ng 60 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa peshqadam “Arsenal”dan yetti ochkoga ortda qolmoqda, biroq “shaharliklar”da zaxirada yana bitta o‘yin mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

diskvalifikatsiya Pep Gvardiola “Manchester Siti”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing