“G‘uzor tandir go‘shti” geografik ko‘rsatkich sifatida patentlandi
Jamiyat
−
12 yanvar
8109Joriy yilning 8 yanvar kuni “G‘uzor tandir go‘shti” geografik ko‘rsatkich sifatida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati xabar qildi.
Qashqadaryo viloyatida birinchi bo‘lib davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ushbu geografik ko‘rsatkichdan foydalanish huquqini tasdiqlovchi guvohnoma uning egasi, ya’ni G‘uzor tuman hokimligiga guvohnomada ko‘rsatilgan tovar turiga nisbatan foydalanish huquqini beradi.
Hokimlikning qayd etishicha, geografik ko‘rsatkichlar sonining oshishi hududlarda turistik oqimning ko‘payishiga, “gastronomik turizm”ni rivojlantirishga va umuman, hududlarning turistik jozibadorligini oshirishga yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq “G‘ijduvon shashligi” geografik ko‘rsatkich sifatida patentlangandi. Bu haqda tuman hokimi Sherzod Ashurov O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan tumanda o‘tkazilgan bayram tadbirida aytib o‘tgan edi.
LiveBarchasi