Go‘shtdan tortib shakargacha. Bozorlardagi narx-navo e’lon qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi markaziy dehqon bozorlarida go‘sht 45 000 – 80 000 so‘mdan, kartoshka esa 3 000 – 8 000  so‘mdan sotilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazgan kuzatuv natijalari bo‘yicha ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari e’lon qilingan.

Joriy yilning 26 yanvar holatiga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari quyidagicha:
 
•  Suyakli mol go‘shti (1 kg) — 45000 – 68000 so‘m;

•  Qo‘y go‘shti (1 kg) — 54000 – 80000 so‘m;

•  Kartoshka (1 kg) — 3000 – 8000 so‘m;

•  Piyoz (1 kg) — 1500 – 4000 so‘m;

•  Sabzi (1 kg) — 1000 – 5000 so‘m;

•  Tuxum (10 dona) — 6000 – 14000 so‘m;

•  Guruch (1 kg) — 5000 – 17500 so‘m;

•  O‘simlik yog‘i (1 l) — 14000 – 24000 so‘m;

•  Shakar (1 kg) — 7900 – 10500 so‘m.

Statqo‘m narxlar kuzatuv amalga oshirilayotgan vaqtda qayd etiladi. Ma’lumotlarni to‘plash vaqti, sanasi hamda joyi o‘zgarishiga qarab, narxlar o‘zgarishi mumkinligini eslatib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2750

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing