Go‘shtdan tortib shakargacha. Bozorlardagi narx-navo e’lon qilindi
Jamiyat
−
28 yanvar 2022 40998 1 daqiqa
O‘zbekistondagi markaziy dehqon bozorlarida go‘sht 45 000 – 80 000 so‘mdan, kartoshka esa 3 000 – 8 000 so‘mdan sotilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazgan kuzatuv natijalari bo‘yicha ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari e’lon qilingan.
Joriy yilning 26 yanvar holatiga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari quyidagicha:
• Suyakli mol go‘shti (1 kg) — 45000 – 68000 so‘m;
• Qo‘y go‘shti (1 kg) — 54000 – 80000 so‘m;
• Kartoshka (1 kg) — 3000 – 8000 so‘m;
• Piyoz (1 kg) — 1500 – 4000 so‘m;
• Sabzi (1 kg) — 1000 – 5000 so‘m;
• Tuxum (10 dona) — 6000 – 14000 so‘m;
• Guruch (1 kg) — 5000 – 17500 so‘m;
• O‘simlik yog‘i (1 l) — 14000 – 24000 so‘m;
• Shakar (1 kg) — 7900 – 10500 so‘m.
Statqo‘m narxlar kuzatuv amalga oshirilayotgan vaqtda qayd etiladi. Ma’lumotlarni to‘plash vaqti, sanasi hamda joyi o‘zgarishiga qarab, narxlar o‘zgarishi mumkinligini eslatib o‘tgan.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr