Go‘shtdan tortib shakargacha. Bozorlardagi narx-navo e’lon qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi markaziy dehqon bozorlarida kartoshka 3 000 – 7 000 so‘mdan, go‘sht esa 45 000 – 80 000 so‘mdan sotilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazgan kuzatuv natijalari bo‘yicha ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari e’lon qilingan.

Joriy yil 17 noyabr holatiga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari quyidagicha:

  • Suyakli mol go‘shti (1 kg) — 45000 – 68000 so‘m;
  • Qo‘y go‘shti (1 kg) — 52000 – 80000 so‘m;
  • Kartoshka (1 kg) — 3000 – 7000 so‘m;
  • Piyoz (1 kg) — 1000 – 4000 so‘m;
  • Sabzi (1 kg) — 1000 – 5500 so‘m;
  • Tuxum (10 dona) — 7000 – 15000 so‘m;
  • Guruch (1 kg) — 5000 – 17 500 so‘m;
  • O‘simlik yog‘i (1 l) — 14000 – 24000 so‘m;
  • Shakar (1 kg) — 7800 – 10500 so‘m.

Statqo‘m narxlar kuzatuv amalga oshirilayotgan vaqtda qayd etiladi. Ma’lumotlarni to‘plash vaqti, sanasi hamda joyi o‘zgarishiga qarab, narxlar o‘zgarishi mumkinligini eslatib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

549

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing