Go‘sht, shakar va benzin... Noyabrda narxlar qanchalik o‘sdi?

Jamiyat

image

2021 yilning noyabr oyida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlarning narxlari 1,2 foizga oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida ko‘rsatilgan.

Joriy yil boshi bilan solishtirganda iste’mol sektorida narxlarning o‘sish darajasi 8,6 foizni, yillik nisbatda esa 10,3 foizni tashkil etgan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2021 yil noyabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari 1,9 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,8 foizga, xizmatlar 0,5 foizga qimmatlashgan.

Yillik nisbatda, 2021 yilning noyabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 13,4 foizga oshib, uchta asosiy guruhlar orasidanarx oshishi bo‘yicha yetakchi bo‘lgan. Xizmatlar 8,1 foiz va nooziq-ovqat mahsulotlar 7,9 foizga qimmatlashgan.

Noyabr oyida tuxum 5,4 foiz, sut 4,1 foiz, tovuq go‘shti 3,9 foiz, shakar 4,1 foiz qimmatlashgan. O‘tgan oy davomida bug‘doy unining narxi 1,6 foizga ko‘tarilgan. Shu bilan birga guruch 0,8 foiz, mol go‘shti 0,1 va qo‘y go‘shti 0,8 foiz arzonlashgan.

Joriy yilning noyabr oyida benzin 9,8 foizga qimmatlashgan. Propan esa aksincha, oy davomida respublika bo‘yicha o‘rtacha 7,2 foizga arzonlashgan, metan narxi o‘zgarishsiz qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

inflyatsiya

Baholaganlar

126

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing