Go‘sht, kartoshka, shakar... Bozorlarda narx-navo qanday?

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi dehqon bozorlarida go‘sht 45 000 – 80 000 so‘mdan, o‘simlik yog‘i esa 14 000 – 24 000 so‘mdan sotilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv o‘tkazib, ma’lum qildi.

Qo‘mita kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e’lon qildi.

2021 yil 27 oktyabr holatiga:

•  Suyakli mol go‘shti (1 kg) — 45000 - 68000 so‘m
•  Qo‘y go‘shti (1 kg) — 52000 - 80000 so‘m
•  Kartoshka (1 kg) — 2500 - 6500 so‘m
•  Piyoz (1 kg) —1200 - 3500 so‘m
•  Sabzi (1 kg) — 2000 - 9000 so‘m
•  Tuxum (10 dona) — 6000 - 14000 so‘m
•  Guruch (1 kg) — 5000 - 17 500 so‘m
•  O‘simlik yog‘i (1 l) - 14000 – 24000 so‘m
•  Shakar (1 kg) — 7500 - 9500 so‘m

Xabarga ko‘ra, narxlar kuzatuv amalga oshirilayotgan vaqtda qayd etiladi. Ma’lumotlarni to‘plash vaqti, sanasi hamda joyi o‘zgarishiga qarab ham, narxlarning tebranish holatini ko‘rish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

392

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing