Andijonda yigit sevgan qizi uchun qotilga aylandi

Jamiyat

image

Andijon viloyatida yigit yaxshi ko‘rgani qiziga begona bola tomonidan aytilgan nojo‘ya so‘zlarga chidab turolmay, uning hayotiga yakun yasadi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Joriy yilning 25 iyul kuni soat 22:30 larda 18 yoshli O.N., o‘zining yaxshi ko‘rgan qiziga gap otganligi uchun 30 yoshli J.O‘. bilan Asaka tumanida o‘zaro janjallashib qoladi. 

Kelishmovchilik natijasida O.N. qo‘lidagi temir bo‘lagi bilan J.O‘.ning bosh qismiga urib, tan jarohati yetkazgan. Natijada J.O‘. og‘ir tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan J.O‘. joriy yilning 27 iyul kuni shifoxonada vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat  ishi qo‘zg‘atilgan. Va ayblanuvchi O.N., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, prosessual tartibida ushlangan. Jinoyat ishi JKning 104-moddasi 1-qismidan 104-moddasi 3-qismi “d” bandiga (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) qayta malakalangan. 

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1036

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing