Mahalla mustaqil organ, u qonun asosida ish yuritadi – Gulnora Ma’rufova

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi oldidan xorijiy va mahalliy jurnalistlar uchun tashkil etilgan "Xalqaro media holl" tadbirlarida ishtirok etgan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari Gulnora Ma’rufova mamlakatimizda mahalla o‘zini o‘zi boshqarish organi ekani, mustaqil faoliyat yuritishiga alohida e’tibor qaratdi. Jumladan u shunday deydi:

"O‘zbekistonda 9225 ta mahalla faoliyat yuritadi. Mahalla davlat tashkiloti hisoblanadimi yoki nodavlat, hokimiyatga bo‘ysunadimi, degan savollarni ko‘p berishadi. Bunga javoban aytish mumkinki, mahalla mutlaqo mustaqil organ. U “Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuni asosida faoliyat yuritadi. 

Aholi soniga ko‘ra, 500 oiladan iborat va undan ko‘p bo‘lsa, bitta mahallani tashkil etadi. Hozirgi kunda mahalla oqsoqolining har bir ko‘chada vakili bo‘lib, faoliyati yuzasidan aholiga hisobot berib boradi. Vazirlik esa ijtimoiy hamkorlik asosida fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga yordam beradi va ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi", deydi Gulnora Ma’rufova.

O‘EOAVMA Axborot xizmati xabar beradi


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

33

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing