Gulnora Karimovaning o‘g‘li onasiga bo‘layotgan bosim sabab Mirziyoyevga murojaat qildi
Jamiyat
−
14 fevral 2019
50272Gulnora Karimovaning o‘g‘li kichik Islom Karimov Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida onasiga bosim bo‘layotgani haqida yozdi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga murojaat qildi.
“Noma’lum sabablarga ko‘ra onamga gipertonik hurujga borar darajada shafqatsiz bosim o‘tkazishyapti va shifokorlarga ham ruxsat bermayapti. Tomonlar o‘rtasida kelishuv va shartlar bor edi. Bizning rasmiy xarakterdagi tinch murojaatimiz bloklandi”, degan kichik Islom Karimov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ijrochilardan kimgadir mavjud masalalarni tinch yo‘l bilan yopish yoqmayapti. Qandaydir kuchlar rahbariyatning harakatlarini yo‘qqa chiqarishga urinyapti.
“Bolaligimizdan beri bizga tanish bo‘lgan, tartibli va o‘zini bobomning shogirdi (davomchisi) sifatida tanitgan Prezidentdan e’tibor qaratishini va meni singlim bilan tinglashini so‘rayman! Singlim shu so‘nggi kunlarda onam bilan qolishga majbur bo‘ldi va uning yuragi yomon bo‘la boshladi, biroq shu vaziyatda ham shifokorlarni qo‘yishmadi. Men onam va singlimning salomatligidan xavotirdaman va insoniy sog‘lom fikrlashi tiklanishida hamjihatlikda harakatlanishga umid qilaman”, degan Gulnora Karimovaning o‘g‘li.
Eslatib o‘tamiz, Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova onasi bilan tushgan suratni Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga joylashtirgani haqida xabar bergan edik. Surat internet foydalanuvchilari o‘rtasida ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.
LiveBarchasi