Gulnora Karimovaga oid yana bir muhim ma’lumot aniqlandi

Bu qiziq

image

Joriy yilning 19 iyun kuni o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisida senatorlar Feruza Yuldashevna Mahmudovani O‘zbekistonning Isroil davlatidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi qarorni ma’qullanganlari haqida xabar bergan edik.

Majlisda O‘zbekiston tarixida ilk bor ayol kishi O‘zbekistonning xorijiy mamlakatdagi elchisi lavozimiga tayinlangani aytilgan edi.  

“Feruza Yuldashevna mustaqil O‘zbekistonning birinchi ayol elchisi sifatida tarixda qoladi. Bu sharaf bo‘lishi bilan birga, ulkan mas’uliyat hamdir. Qolaversa, uning bunday mas’uliyatli lavozimga loyiq topilgani mamlakatimizda ayollarga bo‘lgan yuksak ishonch va e’tirof namunasidir. Ishonamizki, bunday e’tibor va e’tirofga bundan keyin ham ko‘p marotaba guvoh bo‘lamiz. Zero, o‘zbek ayollari bunga munosibdir”, degan edi yuqori palata raisi Tanzila Norboyeva. 

Aslida-chi?

Aslida esa Feruza Mahmudova mustaqil O‘zbekiston tarixida xorijiy mamlakat elchiligiga tayinlangan birinchi ayol emas. Bu maqom O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi, sobiq Fond forum vasiylik kengashi raisi va bir vaqtning o‘zida jinoiy guruh rahbari bo‘lgan Gulnora Karimovaga oidligi aytiladi. 

Vikipediya ma’lumotlariga ko‘ra, 2010 yilning yanvaridan 2012 yilning iyuligacha Gulnora Karimova O‘zbekistonning Ispaniyadagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlagan. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi esa uning elchilik faoliyati 2010 yildan 2011 yilgacha davom etganini qayd etadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva yo Gulnora Karimovaning mamlakatning birinchi ayol elchisi bo‘lganini unutgan, yo bu haqda ma’lumotga ega emas. 

Darvoqe, boshqa tarafdan qarasak, Birinchi Prezident Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova ham elchilikka tayinlangandi. Lola Karimova-Tillyayeva O‘zbekiston YUNESKOdagi doimiy vakili lavozimida 2008 yildan 2017 yilning fevraligacha faoliyat yuritdi. Keyin o‘z xohishi bilan ushbu lavozimni tark etdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Gulnora Karimova

Baholaganlar

4072

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing