Gulistonda Turkiya tibbiyot universiteti filiali ochiladi

Jamiyat

image

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Turkiyaning Sog‘liq bilimlari universiteti filiali ochiladi. Ta’lim muassasasi 2021/2022 o‘quv yilidan faoliyatini boshlaydi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi xabar berdi.

Filialda bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qitish jarayoni 3+3 (3 yil O‘zbekistonda, 3 yil Turkiyada) tashkil etiladi, bunda 30 foiz talabalar universitet mablag‘lari hisobidan ajratiladigan grantlar asosida o‘qitiladi.

Nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadigan ushbu filialda o‘qitish kunduzgi ta’lim shaklida, davlat va ingliz tillarida amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

135

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing