Gulistonda maktabdan qaytayotgan 2-sinf o‘quvchisini tok urdi
3-sahifa
−
25 noyabr 2022
8648Sirdaryoda viloyati Guliston tumanida maktabdan qaytayotgan 2-sinf o‘quvchisini transformatorda tok urdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi.
Qayd etilishicha, tumanning 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi 2-sinf o‘quvchisi Husan Abdurahmonov tok urishi oqibatida tan jarohatlari olgan va tuman tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan.
Guliston tumani Xalq ta’limi bo‘limining ma’lum qilishicha, holat joriy yilning 23 noyabr kuni sodir bo‘lgan.
“Guliston tumani 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2-“B” sinf o‘quvchilariga reja bo‘yicha 5 soat dars o‘tilishi kerak bo‘lgan. Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun bo‘lib o‘tayotgan malaka (amaliy) sinovlarda ishtirok etayotganligi sababli ushbu kungi darslar ixchamlashtirilib, sinf rahbar Sohiba Imomova tomonidan darslar o‘tib bo‘lingach, o‘quvchilarga uylariga ketishi uchun javob berilgan.
Darsi tugagandan so‘ng 2-“B” sinfning barcha o‘quvchilari kabi Hasan va Husan Abdurahmonov uyga yo‘l olishgan. Yo‘lda Hasan va Husan Abdurahmonovlar maktab hududining tashqarisida joylashgan elektr transformator ostiga kirib qolgan kuchukni ko‘rib qolishgan. Transformator poydevor qismining ochiq joyidan Husan Abdurahmanov qo‘lini kirgazib, kuchukni olmoqchi bo‘lgan vaqtda elektr toki urishi oqibatida bosh, qorin, qo‘l va oyoq qismidan tan jarohati olgan”, deyiladi Xalq ta’limi bo‘limi xabarida.
Ta’kidlanishicha, voqea joyiga maktab o‘qituvchisi Furqat Abilov va hamshira Muhabbat Rahimova yetib borib, bolaga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. O‘sha zahotiyoq oilasiga xabar berilib, o‘quvchi tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan.
“Hozirgi vaqtda tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari tomonidan muolajalar olib borilmoqda”, deyiladi XTB ma’lumotida
LiveBarchasi