Guliston tumaniga ham yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
28 fevral
4846Olimjon O‘rozaliyevich Jo‘rayev Guliston tuman hokimi etib tayinlandi. Bu haqda kecha, 27 fevral kuni Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkin Turdimovning tegishli qarori bilan shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan O‘lmasjon Yarmaxammatovich Mamadaminov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Deputatlar tomonidan shu kunga qadar tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan Olimjon O‘razaliyevich Jo‘rayev nomzodi tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlangan.
Ma’lumot uchun, Olimjon Jo‘rayev 1982 yilda Sirdaryo viloyati Guliston tumanida tug‘ilgan. 2004 yilda Guliston davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida o‘tkazilgan Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Abdurahim Abdulhamidovich Umarov hokim tayinlangandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

