Guler faoliyatini nemis grandida davom ettirishi mumkin
Sport
−
10 dekabr
929Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Arda Guler faoliyatini Leverkuzenning “Bayer” klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda futbol jurnalisti Florian Plettenberg o‘z X sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, 19 yoshli futbolchi “Fenerbaxche”dan “Real”ga o‘tganidan beri “dorichilar” futbolchining xatti-harakatlarini kuzatib borgan.
Madridning “Real” klubi qishki transfer oynasida turkiyalik futbolchi bilan xayrlashmoqchi emas, ammo yozda uning transferini ko‘rib chiqishi mumkin.
Joriy mavsumda Guler “Real” safida barcha musobaqalarda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt”ga ko‘ra, 45 million yevroga baholanayotgan Gulerning “qirollik klubi” bilan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
LiveBarchasi