“Guangzhou” klinikasi mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

3-sahifa

image

Bugun, 23 aprel kuni “GUANGZHOU MEDICAL of CHINA” MCHJ mansabdor shaxslari va xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur klinika sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, shuningdek dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilishda ayblangan.

Shuning uchun, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi 2-qismi “b” bandi alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi doirasida mazkur klinikaning Toshkent shahridagi va boshqa viloyatlardagi filiallarida tekshiruv o‘tkazilgan. 

Xabarga ko‘ra, hozirda Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1422

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing