“Gryaz” ustidan sud boshlandi. U Jinoiy uyushma tashkil etishda ayblanmoqda
3-sahifa
−
07 may 6980 2 daqiqa
O‘zbekiston hududida jinoiy uyushma yetakchisi sifatida bir qator jinoyatlarni sodir etishda ayblangan “Gryaz” laqabli shaxs – Yo.M. 2025 yilning dekabr oyida Turkiyada qo‘lga olinib, Toshkentga ekstraditsiya qilingani haqida xabar bergan edik.
QALAMPIR.UZ’ga oid ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda Yo.M.ga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan bo‘lib, unga oid ish Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining ish yurituviga kelib tushgan. 2026 yil 13 apreldagi ajrimi bilan jinoyat ishini sud majlisida ko‘rish 2026 yil 20 aprel kuniga tayinlangan, hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha sud tergovi davom ettirilmoqda.
“Gryaz” laqabli shaxs – Yo.M. ishi bo‘yicha navbatdagi sud majlisi ertaga, 8 may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida bo‘lib o‘tadi.
Fuqaro Yo.M. Jinoyat kodeksining bir qancha moddalari, xususan, 112-modda 2-qismi “b” bandi (O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish), 165-modda 3-qismi “a” va “v” bandlari (Tovlamachilik), 168-modda 4-qismi “a” va “v” bandlari (Firibgarlik), 173-modda 3-qismi “b” bandi (Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish), 242-modda 1-qismi (Jinoiy uyushma tashkil etish) bilan ayblanmoqda.
QALAMPIR.UZ’ga berilmagan ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro Yo.M. R.K.ning rahbarligidagi uyushgan guruhda faol a’zo bo‘lib, guruh rahbarining hamda jinoiy uyushma a’zosi bo‘lgan ikkinchi uyushgan guruh rahbari “Abdusalom” ismli shaxsning ko‘rsatmalarini so‘zsiz bajarish, “Abdusalom”ismli shaxsning rahbarligidagi uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organi xodimlari tomonidan qonuniy chora ko‘rilishini oldini olish maqsadida, mulk egalari bo‘lgan shaxslarning davlat organlariga murojaat qilmasligi va jabrlanuvchi shaxslarning shaxsini, oila a’zolarini, yaqin munosabatlarini o‘rganish, jabrlanuvchi shaxslarni pul mablag‘laridan voz kechishi yuzasidan muzokaralar olib borish va muzokaralarga rozi bo‘lmagan taqdirda, salbiy oqibatlar bilan qo‘rqitish kabi harakatlari bilan jinoiy uyushma a’zosi bo‘lgan uyushgan guruhda yordamchi vazifasini bajarib kelgan.
Live
Barchasi