Gruziyada joriy etilgan favqulodda holat rejimi bekor qilindi

Olam

image

Gruziyada koronavirus pandemiyasi sababli mart oyining oxirida joriy etilgan favqulodda holat va komendantlik soati rejimlari 23 may kunidan boshlab bekor qilindi. Bu haqda Gruziya bosh vazirining xalqaro masalalar bo‘yicha maslahatchisi Irakliy Chikovani ma’lum qilmoqda.

"Mamlakat tomonidan olib borilayotgan muvaffaqiyatli qadamlar va choralar bizga favqulodda holatni tugatish, shuningdek, bosqichma-bosqich cheklovlarni olib tashlash imkonini beradi", dedi Chikovani.

23 maydan boshlab avtomobillarda uchdan ortiq kishining bo‘lmasligi, shuningdek, 70 yoshdan oshgan fuqarolarning o‘z uylarini tark etishlari taqiqlanadi.

Maxsus qarorlar qabul qilinmaguncha, aholisidan tibbiy niqoblar taqish va 10 nafardan ortiq odamning bir joyda to‘planmasligi talab qilinadi.

Kafelar, restoranlar, sport zallari, fitness markazlari, yirik savdo markazlari, shuningdek, mehmonxonalar yopiqligicha qoladi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Gruziyada 723 ta koronavirus infeksiyasi qayd etilgan, 12 kishi vafot undan vafot etgan. 495 kishi shifo topishga muvaffaq bo‘lgan. Ayni damda 216 kishi shifoxonalarda qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Gruziyada

Baholaganlar

35

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing