Gruziyada karantinni bekor qilish shartlari ma’lum qilindi

Olam

image

Gruziya Respublikasi Parlamenti spikeri Archil Talakvadze Parlament byurosining yig‘ilishida mamlakatda may oyida karantin rejimi asta-sekin olib tashlanishi mumkinligini aytdi. Ammo ushbu jarayon ma’lum shartlar bajarilgandagina amalga oshirilishi mumkin.

Parlament spikerining so‘zlariga ko‘ra, ko‘p narsa mamlakat aholisiga bog‘liq. Karantinga qanchalik yaxshi amal qilinsa, ushbu cheklovlarni imkon qadar tezroq olib tashlash mumkin bo‘ladi.

"Agar barcha shartlar bajarilsa, har bir fuqaro sog‘liqni saqlash vazirligiga virus tarqalishini nazorat qilishga yordam beradi. Shunda biz real ma’lumotlarni hisobga olgan holda may oyida cheklov choralarini bosqichma-bosqich olib tashlashni boshlashimiz mumkin”, deydi Talakvadze.

Ma’lumot uchun, Gruziyada qattiq karantin choralari mavjud. Qoidalarni buzganlik uchun katta miqdordagi jarimalar qo‘llaniladi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasining ko‘payishining yuqori nuqtasi aprel oyining oxirida kutilmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus bilan bog‘liq 272 holat aniqlangan. Kasallanganlarning 3 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Karantin Koronavirus Gruziyada

Baholaganlar

121

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing