Gruziyada qulagan samolyotdagi harbiylarning jasadlari Turkiyaga yetkazildi (video)
Olam
−
14 noyabr 2582 2 daqiqa
Gruziya va Ozarbayjon chegarasida C130 turidagi harbiy transport samolyoti halokatga uchraganidan so‘ng halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning jasadlari Turkiyaga yetkazildi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Qayd etilishicha, qidiruv-qutqaruv ishlarida halokat joyida topilgan jasadlar, zarur tartib-taomillarni o‘tkazgandan so‘ng, Tbilisi aeroportiga olib kelingan. Tbilisidan uchgan samolyot Myurted aerodromiga qo‘nib, jasadlar tez yordam avtomobillariga yuklanib, sud-tibbiy ekspertizaga yuborilgan.
Gruziyaning Kaxetiya viloyatidagi Signaxi tumanida – Ozarbayjon chegarasiga yaqin tog‘li hududdan taxminan besh kilometr masofada halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning jasadlari topilgan. Sud-tibbiy ekspertizadan so‘ng jasadlar Tbilisidagi xalqaro aeroportdagi A400M harbiy transport samolyotiga joylashtirilgan.
Samolyot kecha, 13 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan 19:30 da Tbilisi xalqaro aeroportidan uchib, Turkiya tomon yo‘l olgan.
Ma’lumot uchun, 11 noyabrda Gruziya va Ozarbayjon chegarasida C130 turidagi harbiy transport samolyoti halokatga uchraganida, samolyotda yigirma kishi bo‘lgan. Halokat hududida qidiruv ishlari boshlangan.
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erug‘an 12 noyabr kuni samolyotning “qora qutisi” topilganini e’lon qilib, tergov boshlanganini ma’lum qilgan. U halok bo‘lgan yigirma kishidan 19 jasad topilganini va oxirgi jasadni izlash ishlari davom etayotganini bildirgan.
Milliy mudofaa vazirligi tomonidan kun davomida e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, qidiruv ishlari natijasida oxirgi halok bo‘lgan harbiy xizmatchining jasadi ham topilgan.
Live
Barchasi