Gruziya hududida Rossiya harbiy kuchlarining joylashtirilishini qabul qilib bo‘lmaydi – NATO

Olam

image

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Bryusselda Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar kengashida so‘zlagan nutqida Rossiyaning Gruziyadan tortib olgan hududi Abxaziyada harbiy-dengiz bazasini tashkil etish rejasini keskin tanqid qildi. Bu haqda Gruziyaning "Civil.Ge" nashri xabar berdi

“Biz Gruziyaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini qat’iy qo‘llab-quvvatlaymiz va bu hududdan Rossiyaning harbiy maqsadlarda foydalanishiga qarshimiz”, degan Stoltenberg.

Uning aytishicha, bu reja "Rossiya Ukrainadagi harbiy maqsadlariga erishish uchun qanchalik uzoqqa borishga tayyorligini" ko‘rsatadi.

Avvalroq, Qora dengizdagi Ochamchir portiga rus qo‘shinlarining doimiy joylashtirilishi haqidagi xabar Abxaziyadagi ishonchli manbalariga tayanib, Rossiyaning "Izvestiya" nashri tomonidan chop etilgandi. Biroq bu to‘g‘rida hali Kreml tomonidan rasmiy izoh berilgani yo‘q.

Shuningdek, Gruziya Tashqi ishlar vazirligi bu rejalarni mamlakat hududiy yaxlitligini buzish deb hisoblab, keskin qoralab chiqdi. 

Abxaziyada Rossiyaning Qora dengiz floti uchun harbiy-dengiz bazasining tashkil etilishi Gruziyada Rossiya-Ukraina urushining davomi sifatida, yangi mojaroning nishonalari sifatida ko‘rilmoqda.

Port Rossiya Qora dengiz flotining yirik harbiy kemalarini joylashtirish uchun yetarlicha chuqur bo‘lmasa-da, u eng muhim logistika markaziga aylanishi mumkin. Ayrim ekspertlarning fikricha, Rossiyaning Abxaziyada baza qurishi mojaro hududini Gruziya chegaralarigacha kengaytirmoqchi bo‘layotganini anglatadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Gruziya Abxaziya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made