Gretsiyada ikki poyezd to‘qnashib, 30 ga yaqin kishi vafot etdi (foto)

Olam

image

Gretsiyaning Tempi shahrida yuk va yo‘lovchi poyezdlari to‘qnashib ketdi. Bu haqda mahalliy ERT telekanaliga tayanib, “Lenta.ru” xabar berdi.

Yo‘lovchi poyezdi soat 19:22 da jo‘nab ketgan va Saloniki-Larisa yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan. Hodisa yarim tunda Afinadan 200 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan Evangelismos bekatida sodir bo‘lgan. To‘qnashuv yong‘inga olib kelgan.

Gretsiya yong‘in xavfsizligi xizmati rasmiy vakili Vasilis Vatrakoyannisning aytishicha, ayni paytda qurbonlar soni 29 nafarga yetgan, 85 kishi jarohatlangan.

Voqea joyiga 150 nafar o‘t o‘chiruvchi, 40 nafar tez tibbiy yordam mashinasi va 15 ta patrul mashinasida 32 nafar politsiya xodimi jalb etilgan.

Jabrlanganlar Larisa universiteti kasalxonasiga yuborilgan. Afina va Saloniki harbiy gospitallari yaradorlarni qabul qilish zarurati tug‘ilganda tayyor holatda ekani ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil fevral oyining boshida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Ogayo shtatida zaharli moddalar olib ketayotgan poezd relsdan chiqib ketib, portlash yuzaga kelgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing