Grenlandiya muzliklari ostida AQSHning maxfiy harbiy bazasi topildi

Olam

image

NASA kosmik agentligi xodimlari Grenlandiya orolining muz qatlamlari ostida Sovuq urush davriga oid AQSHning tashlab ketilgan harbiy bazasini aniqladi. Bu haqda “New York Post” nashri xabar berdi.

“NASA olimlari Grenlandiya muzlari ostida, taxminan 30 metr chuqurlikda yashirinib yotgan yerosti shaharchasini topdi”, deyiladi xabarda.

Nashrga ko‘ra, tadqiqotchilar qurilma muz qatlami ostida inson tomonidan barpo etilgan inshootlarni aniqlaganida hayratga tushgan va dastlab bu topilmaning mohiyatini tushunmagan. Bazaning loyihasi “muz ostidagi shahar” shaklida bo‘lib, ko‘plab tunnel tizimlarini o‘z ichiga olgan.

AQSHning Kolorado shtatidagi Atrof-muhit fanlari bo‘yicha Qo‘shma tadqiqotlar instituti (CIRES) ma’lumotlariga ko‘ra, Camp Century deb nomlangan baza 1959 yilda qurilgan. Uning rasmiy maqsadi Arktikada qurilish texnologiyalarini sinovdan o‘tkazish va ilmiy tadqiqotlar olib borish bo‘lgan. Ammo bu baza aslida Sovuq urush davrida Arktikadan yadro raketalarini uchirish imkoniyatini tekshirish uchun mo‘ljallangan maxfiy ob’ekt sifatida xizmat qilgan.

Yadro reaktori yordamida ishlagan ushbu baza 200 nafar askarni sig‘dira olgan. 1967 yilda baza tashlab ketilgan, chunki raketalarni uchirish bo‘yicha dastur Qo‘shma shtab qo‘mitasi boshliqlari tomonidan rad etilgan. AQSH ob’ektdan yadro reaktori kamerasini olib chiqib ketgan bo‘lsa-da, qolgan barcha infratuzilma va chiqindilar o‘z holicha qoldirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh harbiy baza Grenlandiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing