Greenwich – sifatli qurilish hududi

Biznes

image

Poytaxt Toshkentning Mirobod tumanida, 8 gektar yer maydonida yangi britancha uslubda Greenwich turar joy majmuasi barpo qilinmoqda. Uning hududida 15 ta 8 qavatli biznes va komfort toifasidagi turar va noturar joylar bo‘ladi. Ular birgalikda takrorlanmas ko‘rinishga ega zamonaviy va qulay kvartalni vujudga keltiradi.

Greenwich’da 47 m² dan 221 m² gacha turli maydonga ega 1342 ta xonadon bo‘lib, 30 dan ziyod turdagi tarhlar (rejalar) mijozlarga o‘zlari uchun eng maqbul va mos variantni tanlash imkonini beradi. Har bir xonadonga Italiyada ishlab chiqarilgan isitish qozoni o‘rnatiladi, Turkiyada ishlab chiqarilgan santexnika uskunalari va quvurlari ishlatiladi.

Xonalar va ularning joylashuvi turlicha bo‘lishiga qaramay, ularni bir narsa birlashtirib turadi: barcha oshxona va zallar derazalari yo‘l yuziga qaragan, keng va yorug‘ yotoqxonalar esa hovliga. “Yopiq hovli” konsepsiyasi sokin, obodonlashtirilgan hovlida bolalar bemalol o‘ynay olishiga imkon beradi: bu yerda ortiqcha avtomobillar va begona kimsalar bo‘lmaydi.

Bundan tashqari, Greenwich majmuasi qulay bo‘lishi bilan bir qatorda atrofdagi odatiy qurilish ob’ektlaridan ajralib turadi. Loyiha bo‘yicha majmua binolari an’anaviy Britaniya me’morchiligi uslubida qurilgan, burchakdagi kirish qismlari esa o‘zgacha dizayn va soatli binolari bilan e’tiborni tortadi. Soatlar Buyuk Britaniyadagi Vestminster saroyi binosi va undagi Big Ben soatiga hurmat ifodasi o‘laroq xizmat qiladi. Majmua ranglarida oq va qizg‘ish tuslar ajralib turadi: terilgan qizil g‘ishtlar yon hoshiyalar va deraza atroflaridagi oq rang bilan uyg‘unlashgan. Binoning ichi ham nihoyatda go‘zal rasmiylashtirilgan va xalqaro standartlarga mos keladi. Sifatli pardozlash materiallari ishlatilgan, har bir kirish qismida esa Hyundai (Koreya) kompaniyasidan tezkor va mustahkam liftlar o‘rnatilgan.

Turar joy majmuasi qurilishida ishonchli va yuqori sifatli xomashyolardan foydalanilgan. Mustahkamlik darajasi oshirilgan og‘ir beton eng yuqori yuklanish ta’sir etiladigan konstruksiyalar qurilishida ishlatiladi. Odatda, undan ko‘p qavatli binolar fundamentlari, ustunlari va to‘sinlari, temirbetonli plitalar bostirmalari quyiladi. Temirbetonli konstruksiyalar asosi – 10 mm dan 25 mm gacha bo‘lgan armatura. U konstruksiyalarning mexanik va atmosfer ta’siriga bo‘lgan turg‘unligini oshiradi, shu bilan birga, u qayishqoq, mustahkam payvandlanadi va oksidlanishga barqaror hisoblanadi.

Tashqi tarafdan binolar g‘isht bilan qoplangan. Ikki g‘isht qalinligidagi fasad qishda issiqlik, yozda esa salqin havoni saqlab turadi. Ushbu material namlikka, harorat va fasl o‘zgarishiga chidamli. G‘isht zamburug‘lar, mog‘or, kemiruvchilar va hasharotlardan qo‘rqmaydi. Bunday uylar tovushdan yaxshi himoyalangan, uzoq muddatli xizmati va ekologik tozaligi bilan ajralib turadi. Majmua binolarini yanada istish uchun Knauf (Germaniya) va Texnonikol (Rossiya) isitkichlari qo‘llangan. Dekorativ yechimlar ham alohida e’tiborga loyiq – elementlar tabiiy granit va fibrobetondan, dekorativ fasad to‘siqlari esa metalldan ishlangan.

Greenwich TJMning ko‘plab bo‘lg‘usi mijozlari iltimoslariga ko‘ra, Golden House majmudagi yana bir binoni “komfort” toifasida barpo qilmoqda. Komfort toifasidagi uylarda xonadonlar to‘liq ta’mirlangan holda taqdim etiladi. Bunday xonadonlar xaridorlar orasida katta talabga ega va issiqqina non kabi tezda sotilib ketadi.

Bugungi kunda majmuaning qurilish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari yakunlanish bosqichiga yaqinlashib qoldi va yaqin orada yangi uylar o‘zlarining birinchi egalarini qabul qilib oladi. Mijozlarda xonadonlarni muddatli to‘lov yoki ipoteka asosida xarid qilish imkoniyati mavjud. Bu haqda batafsil www.greenwich.uz sayti yoki +998 78 150-11-11 telefon raqami orqali bilib olishingiz mumkin.

Call-markaz: (+998) 78-150 −11−11

Greenwich savdo ofisi: Mirobod tumani, Yangizamon va Sayxun ko‘chalari kesishmasi

Mo‘ljal: Furqat nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing 

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

6

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing