“Green card” uchun qachondan arizalar topshirish mumkinligi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

AQSHning Turli millat vakillari dasturiga (DV-2023. Xalq tilida “Green Card”) 2023 moliya yili uchun arizalar qabuli 2021 yil 6 oktyabrdan boshlanadi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti ma’lum qildi.

Xohlovchilar 6 oktyabr Toshkent vaqti bilan soat 21:00 dan 10 noyabr kuni soat 22:00 ga qadar ariza topshirishi mumkin. Arizalar dvlottery.state.gov portali orqali mutlaqo bepul topshiriladi.

Natijalar 2021 yil 8 may kuni yuqoridagi saytda e’lon qilinadi. 2022 yil uchun Diversity Visa dasturi orqali 55 mingtagacha immigratsiyaviy viza berilishi belgilangan.

Lotereyada yutganlar keyingi jarayonlardan muvaffaqiyatli o‘tgach, 2023 yilda AQSHga ko‘chib o‘tishi mumkin bo‘ladi.

Lotoreyada ishtirok etishni istagan O‘zbekiston fuqarolari xorijga chiqish biometrik pasportiga ega bo‘lishi va anketa to‘ldirayotganda ushbu pasport ma’lumotlarini kiritishi kerak.

DV nomzodlari 12 yillik boshlang‘ich va o‘rta ta’limni tamomlagan yoki so‘nggi besh yilda ikki yil ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

654

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing