“Gremmi–2026” g‘oliblari e’lon qilindi (video)

Madaniyat-san’at

image

Los-Anjelesda yilning eng muhim musiqiy voqeasi – “Gremmi–2026” mukofotining 68-marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu yil Ovoz yozish akademiyasi yangiliklar kiritdi: kantri musiqasi va albom muqovalari dizaynidagi yutuqlarni e’tirof etuvchi ikkita qo‘shimcha nominatsiya joriy qilindi. Bu haqda mukofotning rasmiy saytida xabar berildi.

Marosimni Bruno Mars va Rose o‘zlarining APT super-xiti bilan ochib bergan. Shundan so‘ng tadbir boshlovchisi Trevor Noa tomoshabinlarga “Gremmi–2026” mehmonlarini tanishtirgan. Zalda Billie Eilish, Justin va Hailey Biber, Bad Bunny, John Legend va yana ko‘plab mashhurlar bo‘lgan.

“Gremmi–2026” g‘oliblarining to‘liq ro‘yxati:

  • “Yil albomi” – Bad Bunny, “Debí Tirar Má Fotos”;
  • “Yil qo‘shig‘i” – Billie Eilish, “Wildflower”;
  • “Yil yozuvi” – Kendrick Lamar feat. SZA, “Lut”;
  • “Eng yaxshi yangi ijrochi” – Olivia Dean;
  • “Eng yaxshi pop yo‘nalishidagi yakkaxon ijro” – Lola Young, “Messy”;
  • “Eng yaxshi pop ijro (duet yoki guruh)” – Cynthia Erivo & Ariana Grande, “Defying Gravity”;
  • “Eng yaxshi vokal pop-albom” – Lady Gaga, “Mayhem”;
  • “Eng yaxshi raqsga mo‘ljallangan pop yozuv” – Lady Gaga, “Abracadabra”;
  • “Eng yaxshi remiks yozuv” – Lady Gaga & Gesaffelstein, “Abracadabra” remiksi;
  • “Eng yaxshi raqs/elektron yozuv” – Tame Impala, “End Of Summer”;
  • “Eng yaxshi raqs/elektron albom” – FKA Twigs, “Eusexua”;
  • “An’anaviy pop uslubidagi eng yaxshi vokal albom” – Laufey, “A Matter Of Time”;
  • “Urban-musiqa janridagi eng yaxshi albom” – Bad Bunny, “Debí Tirar Má Fotos”;
  • “Eng yaxshi musiqiy video” – Doechii, “Anxiety”;
  • “Yil prodyuseri” – Cirkut
  • “Kantri yo‘nalishidagi eng yaxshi duet/guruh ijrosi” – Shaboozey & Jelly Roll, “Amen”;
  • “Eng yaxshi zamonaviy kantri-albom” — Jelly Roll, “Beautifully Broken”;
  • “Afrika musiqasining eng yaxshi ijrosi” — Tyla, Push 2 Start;
  • “Raqamli media uchun yozilgan eng yaxshi qo‘shiq” — EJAE, Audrey Nuna and Rei Ami, “Golden” (“Key-pop ovchilari jinlarga qarshi”);
  • “Melodik rep yo‘nalishidagi eng yaxshi ijro” — Kendrick Lamar with SZA, “Luther”;
  • “Eng yaxshi rep qo‘shig‘i” — Kendrick Lamar feat. Le Gunplay, TV Off;
  • “Eng yaxshi rep-albom” — Kendrick Lamar, GNX.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika Kinoakademiyasi “Oskar-2026” kinomukofotiga nomzodlar ro‘yxatini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Gremmi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar