Google O‘zbekistonda yer silkinishidan ogohlantiruvchi funksiyani ishga tushirdi

Jamiyat

image

Kecha, 15 iyun kuni Google kompaniyasi yetti mamlakatda, shu jumladan, O‘zbekistonda ham yer silkinishidan ogohlantiruvchi funksiyani ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya veb-saytida xabar berilgan.

Qayd etilishicha, tabiiy ofat yoki favqulodda vaziyat yuzaga kelganda, har bir soniya muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, zilzilalar yuz berishidan oldinroq odamlar ushbu ofat haqida ogohlantirilsa va xavfsiz hududga qochish uchun vaqtga ega bo‘lsa, ko‘ngilsizliklarni 50 foizgacha kamaytirish mumkin bo‘ladi.

“O‘tgan yili biz Android qurilmalariga o‘rnatilgan texnologiya asosida dunyodagi zilzilalarni aniqlash tarmog‘ini yaratish vazifasini bajardik. Ushbu bepul tizim yordamida foydalanuvchilar zilziladan bir necha soniya oldin ogohlantiriladi. Yaqinda Yangi Zelandiya va Gretsiya uchun Android Zilziladan ogohlantirish tizimini ishga tushirdik. Bugun biz Turkiya, Filippin, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonda ham Android Zilziladan ogohlantirish tizimini joriy qilmoqdamiz”, deyiladi xabarda.

Ushbu xizmatni qanday yoqish yoki o‘chirish kerak?

Settings > Location > Advanced > Earthquake Alerts bo‘limiga o‘tishingiz kerak. Albatta, smartfoningizga so‘nggi dasturiy yangilanish yuklangan bo‘lishi kerak. Ushbu ogohlantirishlarni olishni istamagan foydalanuvchilar o‘z qurilmasining sozlamalarida ushbu xizmatni o‘chirib qo‘yishi mumkin.

Earthquake alert screen that clicks through to an earthquake safety info screen

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil avgust oyida Google yer silkinishidan ogohlantiruvchi funksiyani taqdim etgandi. Dastlab Kaliforniyada (AQSH) sinovdan o‘tkazilgan dasturdan Yangi Zelandiya va Gretsiyada ham foydalanish boshlandi. Kelajakda u butun dunyoda ishga tushiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

278

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing