Gonsalo Ramos JCH-2022 da eng yuqori ballni qo‘lga kiritdi
Sport
−
07 dekabr 2022
2897Portugaliyalik hujumchi Gonsalo Ramos "Sofascore" statistik portali bergan ma’lumotga ko‘ra, turnirning eng yuqori reytingini qayd etdi. Bu haqda FIFA matbuot xizmati xabar berdi.
"Benfika" klubining 21 yoshli vakili Ramos 1/8 final uchrashuvida Shveysariya terma jamoasi darvozasiga uchta gol urib, bitta golli uzatmani ham o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.
Statistik portal Ramosning o‘yinini 9,8 ballga baholagan. Bu butun turnirning bugungi kundagi eng yuqori ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Ushbu statistikani kamerunlik darvozabon Devis Epassi (Braziliyaga qarshi 9,1 ball) ikkinchi o‘rin bilan, Deyli Blind (AQSHga qarshi 9,0 ball) va Antuan Grizmann (Avstraliyaga qarshi 9,0 ball) uchinchi o‘rin bilan davom ettirgan.
Ma’lumot o‘rnida, kecha, 6 dekabr kuni Portugaliya terma jamoasi Shveysariyani 6:1 hisobida mag‘lub etdi.
Eslatib o‘tamiz, Gonsalo Ramos 1990 yildan beri birinchi bor jahon chempionatining pley-off o‘yinida xet-trik muallifiga aylandi.
Mushtariy G‘aniyeva
LiveBarchasi