Gonsalo Ramos faoliyatini “Manchester Yunayted”da davom ettirishi mumkin

Sport

image

“Manchester Yunayted” klubi portugaliyalik “Benfika” hujumchisi Gonsalo Ramosga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o‘z ijtimoiy sahifalarida xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, “Manchester Yunayted” skautlari JCH-2022 vaqtidan hujumchi faoliyatini kuzatuv ostiga olishgan.

Ma’lumot o‘rnida, 21 yoshli portugaliyalikning “Benfika” bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi. “Transfermarkt” portali futbolchining narxini 24 million yevroga baholamoqda.

Ta’kidlash joiz, Ramos joriy mavsumda “Benfika” safida barcha turnirlarda 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Mushtariy G‘aniyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

52

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing