Gonkongda narkotik savdogarlari “ovlandi”. Ular orasida o‘quvchi va talabalar ham bor

Olam

image
Britaniya tarixidagi eng yosh og‘ufurush qo‘lga tushdi. U hali maktabda o‘qiydi north_east

Britaniya tarixidagi eng yosh og‘ufurush qo‘lga tushdi. U hali maktabda o‘qiydi

Gonkong politsiyasi giyohvandlikka qarshi o‘tkazgan ikki haftalik operatsiya davomida 184 kishini hibsga oldi. Ularning 17 nafari maktab o‘quvchilari va talabalar.

“Ta’til vaqtida giyohvandlik sindikatlari yoshlarni yollashi mumkinligidan xavotirdamiz. Chunki, pandemiya paytida uyda qolib ketgan yoshlar onlayn ravishda giyohvand moddalar sotuvchilariga duch kelishmoqda.  Biz musodara qilingan giyohvand moddalar asosan mahalliy iste’mol uchun mo‘ljallangan deb hisoblaymiz”, dedi politsiyaning Narkotiklar bo‘yicha byurosi bosh inspektori Aleksandra Ip.

Operatsiya davomida jami 223 kilogramm taqiqlangan moddalar musodara qilingan. Ya’ni, qiymati 50 million gonkong dollari (6,6 million AQSH dollari) dan ziyod nasha, ketamin, kokain va geroin musodara qilindi.

Shuningdek, reydlar davomida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari giyohvandlik vositalarini ishlab chiqarish, tarqatish va saqlash bilan bog‘liq 153 ta ish ochgan.

Islomjon Omonjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

29

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing