Gollivud “kaskadyor”larini dog‘da qoldirgan operator javobgarlikka tortildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda “Bizning fotograflar oldida Gollivud kaskadyorlari hijolat” sarlavhasi bilan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Videoda yo‘lovchi o‘z salomatligini xavf ostiga qo‘ygan holda, harakat vaqtida Spark rusumli avtomobil salonidan chiqib olganligi aks etgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, ushbu holat joriy yil 5 oktyabr kuni Toshkent shahrining Yangihayot tumani hududida sodir bo‘lgan.

Yo‘lovchi sifatida qoidani buzgan, 1999 yilda tug‘ilgan M.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 138-moddasi to‘rtinchi qismi tartibida bayonnoma rasmiylashtirilgan.

“Operatorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolardan eng avvalo o‘z salomatliklarini xavf ostiga qo‘ymasliklarini, qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

384

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing