Gollivud aktyori ikki qizi bilan samolyot halokatida vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
06 yanvar
22876Gollivud aktyori Kristian Oliver, shuningdek, uning ikki qizi va uchuvchisi Karib dengizida shaxsiy samolyotining qulashi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” nashri xabar berdi.
Bildirilishicha, voqea 4 yanvar kuni tushdan keyin yuz bergan. Bitta dvigatelli kichik samolyot kabinasida bo‘lgan 4 yo‘lovchining barchasi halok bo‘lgan. Aktyor 51 yoshda edi. Uning qizlari esa endigina 10 va 12 yoshda bo‘lgan.
Politsiya allaqachon ushbu ish bo‘yicha tergovni boshlagani aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Kristian Oliver asli Germaniyada tug‘ilgan. Keyinchalik Amerikaga ko‘chib o‘tgan va deyarli butun umrini Qo‘shma Shtatlarda o‘tkazgan. U “Yaxshi nemis”, “Tezlik poygachisi” va “Valkiriy operatsiyasi” kabi filmlaridagi rollari bilan tanilgan. Aktyorning filmografiyada umumiy hisobda 57 ga yaqin roli bor. Bundan tashqari, u yaqinda "Indiana Jons" franshizasining so‘nggi qismini suratga olishda ishtirok etgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq amerikalik mashhur aktyor Mettyu Perri Los-Anjelesdagi uyidan o‘lik holda topilgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr