Gollandlar Turkiyadan qurol eksportiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi

Olam

image

Niderlandiya mudofaa sanoati ehtiyojlari uchun Turkiyadan bir qator uskunalar eksport qilish bo‘yicha cheklovlarni olib tashladi.

Niderlandiya Tashqi ishlar, mudofaa va iqtisodiyot vazirliklari Turkiya bilan bu haqda qo‘shma bayonot e’lon qildi.

Uch vazirlikning qo‘shma matnida hukumat tomonidan qurol eksporti nazorati bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida xabar berilgan. Aytilishicha, ushbu choralar Yevropada mudofaa sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaydi.

Shuningdek, Niderlandiya hukumati Yevropa mudofaa sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashni istaydi va loyihalardagi ishtirokini kengaytiradi. Bayonotda Yevropada adolatli raqobat yaratish zarurligi qayd etilgan.

Niderlandiya mudofaa sektorining iqtisodiy va innovatsion kuchi xorijiy davlatlardan mahsulotlar sotib olishga bog‘liq bo‘lib, sektor aylanmasining yarmidan ko‘pi (54%) eksportga to‘g‘ri keladi.

“Shu munosabat bilan Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) va Saudiya Arabistoniga nisbatan amalda bo‘lgan mudofaa sanoati uchun uskunalar eksportini cheklash to‘g‘risidagi qaror zudlik bilan bekor qilinadi”, — deyiladi hujjatda.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Turkiya qurol cheklov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing