Global oltin inqirozi boshlanmoqda. Yer ostida 38 foiz zaxira qoldi – WGC

Olam

image

Insoniyat tarixida qazib olingan jami 216 ming 265 tonna oltinning umumiy qiymati 29 trillion AQSH dollarga yetdi. Yer ostida qolgan zaxiralar esa 40 yildan kamroq muddatga yetishi mumkin. Bu haqda Jahon oltin kengashi (WGC) xabar berdi. 

Kengash hisobotiga ko‘ra, insoniyat ming yillar davomida qazib olgan oltinning qariyb uchdan ikki qismi 1950 yildan keyingi zamonaviy texnologiyalar davriga to‘g‘ri keladi. Eng katta ulush 45 foiz ko‘rsatgich bilan zargarlik sanoatiga to‘g‘ri keladi. Bu shuni anglatadiki, 29 trillion dollarlik boylikning deyarli yarmi shaxsiy taqinchoqlar ko‘rinishiga aylanib ulgurgan. Dunyo Markaziy banklarida 37 ming 755 tonna oltin saqlanadi.

Agar barcha qazib olingan 216 ming 265 tonna oltin yig‘ilsa, AQSHdagi Oq uyning kattaligiga teng bo‘ladi. Yer ostida qolgan, hali qazib olinmagan zaxiralar 132 ming 110 tonna deb baholangan. Hozirgi kunda yiliga 3 ming 661 tonna oltin qazib olinishi inobatga olinsa, insoniyatga ma’lum zaxiralarning faqat 38 foizi qolgan. Bu esa dunyo global “oltin tanqisligi” davriga yaqinlashayotganini anglatadi.

Qayd etilishicha, geosiyosiy taranglik va AQSH dollari zaiflashishi sababli oltin narxi 2025 yil boshidan buyon 50 foizdan ziyodroqqa oshgan. Oktyabr oyida esa rekord darajaga yetib, 4 ming 380 AQSH dollarini tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eronning eng yirik konlaridan biri – Xuroson provinsiyasidagi Shodan oltin konida qariyb 61 million tonnalik oltin zaxirasi topilgandi.

Nigora Maxammadiyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

oltin inqirozi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing