Erondan ulkan oltin zaxirasi topildi

Olam

image

Eronning eng yirik konlaridan biri hisoblangan Xuroson provinsiyasidagi Shodan oltin konida qariyb 61 million tonnalik oltin zaxirasi topildi. Bu haqda “Fars” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hukumat ham mamlakatning sharqida katta oltin ruda konining topilganini tasdiqlagan. Nashrning yozishicha, Shodan konidagi oltin rudasining zaxiralari bo‘yicha yakuniy ma’lumotlar Eron sanoat, konchilik va savdo vazirligi tarkibidagi mutaxassislar komissiyasi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng sezilarli darajada oshirilgan. Tasdiqlangan zaxiralar Shodan hududida 61 million tonnaga baholangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, buning 7,95 millioni oltin oksidli ruda, qolgan 53,1 millioni esa oltin sulfidli rudaga tegishli. Bu ko‘rsatkichlardan kelib chiqib, Shodan konini mamlakatning eng yirik oltin konlaridan biri, deb hisoblash mumkin.

Ma’lumot uchun, Shodan koni Eronning sharqiy qismida Janubiy Xuroson viloyatida joylashgan. Bu hudud Fors ko‘rfazi va Afg‘oniston chegarasiga yaqin tog‘li mintaqadir. Kon oltin zaxiralari bo‘yicha mamlakatning eng yirik loyihalaridan biri hisoblanadi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy geologlari Xunan provinsiyasida dunyodagi eng yirik oltin rudasi konini topgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Xuroson Shodan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing