Gitlerning o‘limi. Jukovning Stalinga bergan hisobotida nima deyilgan edi?

Bu qiziq

image

Rossiya harbiy-tarixiy jamiyati (RHTJ) 1945 yilning 3 mayida 1-Belorussiya fronti qo‘mondoni marshal Georgiy Jukov SSSR Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni Iosif Stalinga Uchinchi Reyx fyureri Adolf Gitler va Reyx vaziri Yozef Gebbelsning o‘z joniga qasd etgani to‘g‘risida bergan hisobotini e’lon qildi. Ushbu hisobot sovet kontrrazvedka agentlari tomonidan mukammal tayyorlangan deyiladi xabarda.

Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Gitler 1945 yilning 30 aprel kuni sovet qo‘shinlari tomonidan qurshab olingan Berlin shahrida o‘z joniga qasd qiladi.

Jukovning hisoboti 3-zarbali armiyaning 79-chi otliq korpusi tomonidan qo‘lga olingan Uchinchi Reyxning yuqori lavozimli amaldorlarining guvohliklariga asoslangan.

Hujjatda aytilishicha, kontrrazvedka agentlari Reyxstag hududida Gebbelsning shaxsiy oshpazi Vilgelm Lange va Reyx vaziri garajining boshlig‘i Shnayderni hibsga olgan. Ular Gitler 30 aprel kuni o‘z joniga qasd qilganini, ammo qayerda dafn etilganini bilmasliklarini aytgan. Asirlar Gebbels va uning rafiqasi 1 may kuni Reyxstag yaqinidagi bunkerda o‘z joniga qasd qilishganini tasdiqlagan.

“Gebbelsning bunkeriga tushilganda, uning kabineti oldida, erkak va ayolning kuygan murdalari topildi. Lange va Shnayder darhol jasadlar Gebbels va uning rafiqasiga tegishli ekanligini aytdi. Qo‘shimcha tarzda Propaganda vazirligida 4 yil ishlagan “Belorussiya qo‘mitasining bosh kotibi” Bartkevich chaqirtirildi. U ham murdalar Gebbels va uning rafiqasiga taalluqli ekanligini tasdiqladi. Jasadlardan hech qanday hujjatlar topilmadi, ammo Gebbelsning kabinetida muhrlangan turli xil hujjatlar saqlangan papkalar topildi”, deb yozadi Jukov.

Olingan ma’lumotlarni tasdiqlash uchun 3 may kuni ertalab “jasadlarni qo‘lga olingan besh generalga topshirish, ularning guvohligini hujjatlashtirish, jasadlarni suratga olish, bunkerdagi vaziyatni batafsil o‘rganish va jasadlarning yonib ketish sababini aniqlash to‘g‘risida buyruq berildi”, deb qo‘shimcha qilgan marshal.

Bundan tashqari, Jukovning so‘zlariga ko‘ra, “ayni paytda Gitlerning yashash joyini aniqlash va Gitlerning o‘z joniga qasd qilish to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni batafsil o‘rganish bo‘yicha choralar ko‘rilgan”.

E’lon qilingan hisobot Qizil armiya tomonidan Berlinga strategik hujum operatsiyasi boshlanishining 75 yilligi munosabati bilan taqdim etilgan va o‘z ichiga voqealarning batafsil rivojini olgan noyob hujjatlar to‘plamiga kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Adol'f Gitler Yozef Gebbel's Iosif Stalin

Baholaganlar

1177

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing