“G‘isht-Ko‘prik” postida 3 mingdan ortiq odam to‘plandi
Jamiyat
−
08 iyul 2020
18139Biroz avval, Rossiya-Qozog‘iston chegarasidagi “Mashtakovo” nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida va Orenburg viloyati Buzuluk shahrida mos ravishda 1300 va 700 dan ortiq o‘zbekistonliklar to‘plangani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Jibek joli” – “G‘isht-Ko‘prik” nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida ham 3000 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolarining to‘planishi kuzatilayotganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ayni vaqtda O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari nazorat-o‘tkazish punktida bo‘lib turibdi va vatandoshlar bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan. Diaspora vakillari bilan birgalikda issiq ovqat va boshqa yordam tashkil qilingan, vaziyat umumiy nazoratga olingan.
Ma’lum qilinishicha, 1 iyuldan buyon 2700 dan oshiq vatandoshlar, asosan kasallar, qariyalar, homiladorlar va yosh bolali ayollar O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tgan. Texnik sabablarga ko‘ra so‘nggi kunlarda vatandoshlarning davlatlararo chegaradan o‘tishlari cheklangan miqdorda amalga oshirilgan.
“Jibek joli” o‘tkazish punkti orqali respublika fuqarolarining O‘zbekiston hududiga cheklangan holda kirishi bilan bog‘liq barcha muammolar tez muddatda hal qilinadi.
LiveBarchasi